29.12.2015

Stenografiya


Stenografiya (yun. stenos — tor, siqiq, qisqa va ... grafin) — qisqartirilgan tezkor yozish usuli va shunday yozuv; alohida qisqa belgilarning mavjudligi, soʻz unsur (qism)larini qisqartirish yoki yozmay tashlab ketish, soʻzlar va soʻz birikmalarini qoʻshib yozish S.ning asosiy belgilaridir. S. ogʻzaki nutqni sinxron (nutq jarayonida) yozib olish hamda yozuv texnikasini takomillashtirishga imkon beradi. Stenografik yozuv tezlik boʻyicha oddiy yozuvdan 4—7 marta ustunrokdir. S. juda qad. zamonlardan maʼlum boʻlgan (Yunonistonda mil. av. 350 yilga mansub S. belgilari yozilgan marmar taxtacha topil gan). Kdd. Rimda mil. av. 1-a. da Sitseronning quli Tiron rimcha S. tizimini kashf etgan va Tiron, notalari deb ataladigan bu tizim 11-a. gacha qoʻllanib kelgan.

28.12.2015

Nobel mukofoti

                        NOBEL MUKOFOTI 

         ATROFIDAGI HAQIQAT VA MISH-MISHLAR

Картинки по запросу nobel
Nobel mukofoti (ingl. Nobel Prize) — buyuk ilmiy izlanishlar, inqilobiy ixtirolar yoki madaniyat va jamiyatning rivojiga katta hissalar qoʻshganligi uchun har yili taqdim etiladigan eng nufuzli xalqaro mukofotlardan biri.